Jahon

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin



Turkiya Makka mudofaa shartnomasi doirasida Saudiya Arabistonidagi harbiy ishtirokini kengaytirishi va qirollik hududida harbiy baza joylashtirishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning «Türkiye Gazetesi» nashri xabar berdi.


Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Anqara Saudiya Arabistonidagi to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini qisqa va o‘rta masofali havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.


Avvalroq Turkiyaning Saudiya Arabistoniga cheklangan harbiy kontingent va texnika yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Rejaga ko‘ra, mamlakatga 200 dan ortiq harbiy mutaxassis, texnik guruhlar, havo mudofaasi va elektron urush vositalari joylashtirilishi mumkin.


5-oktyabr kuni Ar-Riyodda Makka mudofaa ittifoqiga aʼzo Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston vakillari qo‘shma mudofaa majburiyatlarini amalga oshirish hamda harbiy kuchlarni joylashtirish masalalarini muhokama qilgan.


Shundan kelib chiqib, Turkiya Saudiya Arabistonining to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi obyektini o‘zining qisqa va o‘rta masofali havo mudofaasi tizimlari bilan himoya qilishda ishtirok etishi kutilmoqda. Saudiya Arabistoniga yuboriladigan turk harbiylari soni yaqin kunlarda aniqlanishi aytilgan.


Turk harbiy kontingentini Saudiya Arabistoniga yuborish bo‘yicha yakuniy qaror Saudiya Arabistoni parlamenti tomonidan maʼqullanishi kerak. Ushbu masalaning oktyabr oyida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.


Ochiq manbalarga ko‘ra, Turkiyaning bir qator mamlakatlarda harbiy bazalari va harbiy obyektlari mavjud. Jumladan, turk harbiylari Qatar, Iroq, Suriya, Somali va Liviyada ham joylashtirilgan.

Rossiyada vabo xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada vabo xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.