11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi
Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 11–12-oktabr kunlari O‘zbekistonning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Xususan:
- Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida xavf yuzaga kelishi mumkin.
- Shuningdek, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida sel-suv toshqini hodisalari kuzatilishi ehtimoli bor.
O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘radi.
Bundan tashqari, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida hududlarni suv bosishi ehtimoli mavjud.








