Jahon

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiya ta’lim vaziri litseylarda ishda bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘rnini bosish bo‘yicha «favqulodda reja»ni taqdim etdi.

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiyada maktab o‘quvchilarining ommaviy norozilik namoyishlari ortidan hukumat o‘qituvchilar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun favqulodda reja e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar o‘rnini bosish uchun qo‘shimcha 3 ming nafar pedagog jalb etiladi.

 

Fransiya ta’lim vaziri Eduar Jefre litseylarda ishda bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘rnini bosish bo‘yicha «favqulodda reja»ni taqdim etdi. Shuningdek, vazir rektoratlarga 2026-yilgi budjetda nazarda tutilganidan ko‘proq o‘qituvchini shartnoma asosida ishga olishga ruxsat beradi.

 

Fransiya ta’lim tizimida o‘quv yili davomida o‘qituvchilar o‘rnini bosuvchi qariyb 21 ming nafar o‘rta maktab pedagogi faoliyat yuritadi. Ularning taxminan 10 ming nafari shtat asosida, qolganlari esa shartnoma asosida ishlaydi.

 

Hukumatning bu qarori yuqori sinf o‘quvchilarining talablaridan biriga javob bo‘ldi. Biroq kasaba uyushmalari qo‘shimcha o‘qituvchilarni jalb etish tashabbusini ta’lim tizimidagi kadrlar yetishmovchiligining tizimli yechimi bo‘lmagan «shoshilinch chora» deb baholadi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 8-oktyabr kuni Fransiya bo‘ylab davom etgan o‘quvchilar namoyishlari vaqtida 504 kishi hibsga olingan, 48 nafar huquq-tartibot xodimi jarohatlangan. Eng yirik tartibsizliklar Parijdagi Bastiliya maydonida yuz bergan. Payshanba kuni mamlakat bo‘ylab namoyishlarda 70 mingdan ortiq kishi qatnashgan.

 

7-oktyabr kuni Fransiya bosh vaziri Sebastyan Lekornyu hukumati oy oxirigacha o‘quvchilar noroziliklarida bildirilgan shikoyatlarni inobatga olishga qaratilgan choralarni e’lon qilishini bildirgan edi.

 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, fransuzlarning aksariyati yuqori sinf o‘quvchilarining noroziliklarini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq namoyishlar to‘xtatilishini ham istaydi.

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

Ryazan viloyatidagi va Kaluga shahridagi ma’lumotlar markazlari dronlar hujumiga uchradi.

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Sud jarayoni 2027-yil 1-iyunga belgilangan.

Eron AQSH bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi — Pezeshkian

Eron AQSH bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi — Pezeshkian

Eron prezidentining aytishicha, tomonlar takliflar almashgan va ularga tuzatishlar kiritmoqda.

“Bu sinov edi”: Irkutskda o‘lat xavfi bo‘yicha tekshiruv yakunlandi

“Bu sinov edi”: Irkutskda o‘lat xavfi bo‘yicha tekshiruv yakunlandi

Rasmiylar o‘lat tarqalgani haqidagi xavotirlarni tasdiqlovchi holatlar aniqlanmaganini bildirdi.

Qurol ishlab chiqarish 2,5 baravar oshdi: Eron uzoq urushga tayyorligini bildirdi

Qurol ishlab chiqarish 2,5 baravar oshdi: Eron uzoq urushga tayyorligini bildirdi

Tehron ortiqcha harbiy mahsulotlarni eksport qilishni ham rejalashtirmoqda.

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Namoyishchilar ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qish to‘lovlarining oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.