Jahon

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi



Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning o‘g‘li Qodirbek Atambayev davlat hokimiyatini zo‘rlik bilan egallashga urinish ishi bo‘yicha 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sud uning mol-mulkini musodara qilish haqida ham qaror chiqardi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.


Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi 8-oktyabr kuni mazkur ish bo‘yicha hukmni eʼlon qildi. Qodirbek Atambayev va Sotsial-demokratlar partiyasi yetakchisi Temirlan Sultanbekov hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga urinishda aybdor deb topildi.


Sultanbekov ham mazkur ish doirasida 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Biroq uning 2025-yilda ovozlarni sotib olish ishi bo‘yicha avval tayinlangan jazosining o‘talmagan qismi ham hisobga olinib, yakuniy qamoq muddati 7 yil etib belgilandi. Uning ham mol-mulki musodara qilinadi.


2025-yil noyabr oyining oxirida Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari ommaviy tartibsizliklarni rejalashtirishda gumon qilib, 10 kishini hibsga olgan. Ular orasida Qodirbek Atambayev, Temirlan Sultanbekov, sobiq deputatlar Shaylubek Atazov va Kubanichbek Qodirov, shuningdek, sobiq prezidentning sobiq tan qo‘riqchisi Damir Musakeyev ham bo‘lgan.


Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar navbatdan tashqari parlament saylovlaridan keyin mamlakatning janubidan boshlab ommaviy norozilik namoyishlarini tashkil etishni rejalashtirgan. Dastlab ularga ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rish aybi qo‘yilgan. Keyinchalik Qodirbek Atambayev va Temirlan Sultanbekovga nisbatan ayblov hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga urinish moddasi bo‘yicha o‘zgartirilgan.


Sud jarayoni 2026-yil iyul oyida boshlangan va yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan. Himoya tomoni sud majlislarini ochiq o‘tkazishni so‘ragan, biroq bu iltimos rad etilgan. Sudlanuvchilar va ularning vakillari tergov tomonidan ilgari surilgan voqealar talqiniga qarshi chiqqan.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ar-Riyod esa javoban Yamandagi husiylar nishonlariga havo zarbalari berdi.

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiya ta’lim vaziri litseylarda ishda bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘rnini bosish bo‘yicha «favqulodda reja»ni taqdim etdi.

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

Ryazan viloyatidagi va Kaluga shahridagi ma’lumotlar markazlari dronlar hujumiga uchradi.