Jahon

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

 

Donald Tramp Eron mojaroni hal qilish bo‘yicha Amerika shartlarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligi bilan tahdid qildi. Uning aytishicha, Eron bilan bog‘liq vaziyat tez orada hal bo‘ladi.

 

Tramp bu haqda Nyu-York shtatining Sirakuz shahrida tarafdorlari oldida nutq so‘zlaganida ma’lum qildi.

 

“U yoki bu yo‘l bilan: yo ular bizga hamma narsani berishadi, yoki yo‘q bo‘lib ketishadi. Ular buni bilishadi”, — degan AQSh prezidenti.

 

Avvalroq Tramp AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro yaqin orada hal etilishini bildirgan edi. U, shuningdek, Eronning yadro quroliga ega bo‘lish xavfi bartaraf etilganini ta’kidlagan.

 

7-oktabr kuni AQSh vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens Eron harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun uranni boyitish imkoniyatlarini kamaytirishi kerakligini aytgan. Uning qayd etishicha, Vashington Tehron bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq muloqot natijasiz yakunlanishi ham mumkin.

 

9-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan. Putin diplomatik imkoniyatlar hali tugamaganini, Tehron bilan kelishuvga erishish mumkin va zarurligini bildirgan.

 

Bundan oldin Pentagon Eronga keng ko‘lamli bombardimon uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalgan.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.