Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi
Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 12-oktabrdan boshlab 5 kun davomida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uzilish IM-5 qozonxonalari ta’minot hududlarida rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan yuzaga keladi.
Issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan aniq manzillar va ishlar grafigi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, profilaktika ishlari kuz-qish mavsumida issiqlik tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.








