Jahon

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Manisa viloyati Akhisar tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 11 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohatlandi. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.

 

Hodisa Gebze–Orhangazi–Izmir avtomagistralining Akhisar to‘lov punktlari yaqinida yuz bergan. Bursa shahridan Izmir tomon harakatlanayotgan sayohat avtobusi evakuator bilan to‘qnashgan.

 

Manisa gubernatori Vahdettin O‘zkan voqea joyiga borib, vaziyat bilan tanishgan. Uning ma’lum qilishicha, jarohatlanganlardan 16 nafari sariq, 9 nafari yashil va bir nafari qizil toifa bo‘yicha tasniflanib, shifoxonalarga yuborilgan.

 

Hodisa joyida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, politsiya, jandarmeriya, o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam xodimlari ishlagan. Ayni paytda Respublika bosh prokuraturasi muvofiqlashtiruvida tekshiruv olib borilmoqda.

 

Turkiya ichki ishlar vaziri Mustafo Chiftchi ham hodisani tegishli idoralar bilan birgalikda yaqindan kuzatib borayotganini bildirdi. Uning dastlabki ma’lumotida jarohatlanganlar soni 26 nafar deb ko‘rsatilgan.

 

Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush va vitse-prezident Javdat Yilmaz halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga shifo tiladi.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.