O'zbekiston

9 ta viloyatda sel xavfi bor: fuqarolardan ehtiyotkorlik so‘raldi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

9 ta viloyatda sel xavfi bor: fuqarolardan ehtiyotkorlik so‘raldi

 

13–14-oktyabr kunlari yog‘ishi kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi mavjud. Bu haqda Oʻzgidromet ma’lum qildi.

 

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida; Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida sel xavfi mavjud.

 

Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari; Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari ham xavf mavjud hududlar qatorida qayd etilgan.

 

Shuningdek, Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari; Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlarida ham sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

 

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari; Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari; Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida ham xavf mavjud.

 

Bundan tashqari, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi ehtimoli bor.

 

Fuqarolardan, ayniqsa, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.