O'zbekiston

Aeroportda hushidan ketdi: Turkiyada betob bo‘lib qolgan 19 yoshli yigit vatanga qaytarildi

Uning davolanish xarajatlarining bir qismini u yerdagi vatandoshlar qoplashga yordam berdi.

Aeroportda hushidan ketdi: Turkiyada betob bo‘lib qolgan 19 yoshli yigit vatanga qaytarildi

 

Turkiyada bo‘lgan vaqtida sog‘lig‘i keskin yomonlashgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, yigit Turkiyaga ishlash uchun borgan. Biroq sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab ishini davom ettira olmagan va O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan.

 

Samolyot chiptasini xarid qilgach, u Istanbul aeroportiga yetib kelgan, biroq u yerda to‘satdan hushidan ketgan. Shundan so‘ng yigit zudlik bilan Istanbulning Bashakshehir tumanidagi Cham va Sakura shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan.

 

Shuningdek, Turkiyada yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlar yigitning davolanish xarajatlarining bir qismini qoplashga yordam bergan.

 

Vaziyat O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi va Migratsiya agentligi xodimlari tomonidan nazoratga olingan. Ular yigitning vatanga qaytishi bilan bog‘liq tashkiliy va logistika masalalarini hal qilgan.

 

Ko‘rilgan choralar natijasida 19 yoshli fuqaro O‘zbekistonga eson-omon qaytarilgan.

 

Bosh konsullik ushbu jarayonda yordam ko‘rsatgan barcha vatandoshlarga minnatdorlik bildirgan

“50–100 yildan keyin ham eslanadigan zamin yaratishimiz kerak” — Prezident

“50–100 yildan keyin ham eslanadigan zamin yaratishimiz kerak” — Prezident

Yangi Toshkentda poytaxt tumanlari va mamlakatning qolgan 13 ta hududiga 100 gektardan yer ajratiladi.

Mehmonxona va savdo markazlari uchun to‘lovlar kamayadi: Yangi Toshkentda yangi tartib

Mehmonxona va savdo markazlari uchun to‘lovlar kamayadi: Yangi Toshkentda yangi tartib

Shuningdek, investorlar takliflarini tezkor ko‘rib chiqish va yirik loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish rejalashtirilgan.

20 ming xonadon, 55 ming o‘rinli stadion: Yangi Toshkentda qanday rejalar bor?

20 ming xonadon, 55 ming o‘rinli stadion: Yangi Toshkentda qanday rejalar bor?

Vazirlik va davlat tashkilotlari Yangi Toshkentga ko'chiriladi.

Soxta e’lonlar va qimmat chiptalar: Transport vazirligi fuqarolarni ogohlantirdi

Soxta e’lonlar va qimmat chiptalar: Transport vazirligi fuqarolarni ogohlantirdi

Firibgarlar Moskva–Toshkent avtobus chiptalarini belgilangan narxdan bir necha barobar qimmatga sotmoqda.

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum: ikki nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

Hodisa vaqtida aeroportda yana 20 nafarga yaqin o‘zbekistonlik bo‘lgan.

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.