O'zbekiston

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Prezidentning 9-oktyabrdagi farmoni bilan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga biriktirilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

 

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga quyidagi vazirlik va tashkilotlar biriktirildi:

 

  • Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda uning huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Kasbiy ta’lim agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi va Bilim va malakalarni baholash agentligi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda uning tizimidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Klinik audit inspeksiyasi;
  • Ichki ishlar vazirligi — ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining, tazyiq va zo‘ravonlik jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha;
  • Yoshlar ishlari agentligi — ta’lim muassasalarida zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha;
  • Fanlar akademiyasi;
  • ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida tegishli vazifalarni bajaruvchi boshqa vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari.

 

Farmonda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya bilan hamkorlik qilish vazifalari ham belgilangan. DXX bilan yoshlarning zararli oqimlar va ekstremizm ta’siriga tushib qolishining oldini olish, Milliy gvardiya bilan esa vatanparvarlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ish olib boriladi.

 

Hujjatga muvofiq, Erkinjon Turdimov tegishli vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyalar rahbarlari hamda hududiy hokimliklarning ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalaridagi faoliyatiga o‘z vakolati doirasida umumiy rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi.

 

Vazirlar Mahkamasi tarkibida tashkil etilgan Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati 12 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi. Shundan beshta shtat birligi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi, yettitasi esa qayta tashkil etilgan ta’lim vazirliklari shtatlarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.

 

Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vazirining funksional vazifalari va yangi kotibiyat nizomini tasdiqlash topshirildi. Farmon ijrosini nazorat qilish bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Erkinjon Turdimov 9-oktyabr kuni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlangan. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Ayni paytda transport vositasi onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Sirdaryoda qarzdor mashinalarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Sirdaryoda qarzdor mashinalarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

2026 yil mobaynida o‘tkazilgan mazkur reyd tadbirlari davomida qarzdorlarga tegishli 416 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan.