Jizzaxda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi
Alimentdan qarzdor ota IIO hamkorligida topilgan.

Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirishga oid ijro hujjati bo‘yicha qarzdor I.A. belgilangan tartibda qidiruvga berilgan edi.
Qarzdorni aniqlash maqsadida olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida Majburiy ijro byurosi hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining hamkorligida I.A.ning turgan joyi aniqlanib, topildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida qarzdorning davlat ijrochisi huzuriga kelishi taʼminlandi. Ayni vaqtda uning aliment majburiyatlarini bajarishi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda zarur ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.
Farzand taʼminoti uchun belgilangan aliment majburiyatini o‘z vaqtida bajarish har bir ota-onaning qonuniy burchi hisoblanadi.







