Jizzaxda soliq qarzi sabab 3 ta traktor xatlandi
Ayni vaqtda mazkur traktorlarni baholatish choralari ko‘rilmoqda

Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan, qarzdor MCHJning soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha majburiy ijro choralari ko‘rilmoqda.
Ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan 3 dona traktor aniqlanib, belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Ayni vaqtda mazkur traktorlarni baholatish choralari ko‘rilmoqda. Baholash natijalariga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorlikni undirishga qaratilgan keyingi ijro harakatlari amalga oshiriladi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish va ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash borasida belgilangan tartibda zarur choralar ko‘rilmoqda.








