O'zbekiston

Sirdaryoda qarzdor mashinalarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

2026 yil mobaynida o‘tkazilgan mazkur reyd tadbirlari davomida qarzdorlarga tegishli 416 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan.

Sirdaryoda qarzdor mashinalarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda

Sirdaryoda qarzdorliklarni bartaraf qilish maqsadida viloyat Majburiy ijro byurosi hamda IIB YHXB masʼullari hamkorligida qarzdorlarning avtotransport vositalarini qidirish bo‘yicha reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

Reydlar viloyat markazi Guliston shahrida hamda tumanlarining markaziy ko‘chalarida tashkil etilgan bo‘lib, ularda maxsus ishchi guruhlar faoliyat yuritmoqda.

 

2026 yil mobaynida o‘tkazilgan mazkur reyd tadbirlari davomida qarzdorlarga tegishli 416 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan, natijada 1,2 mlrd. so‘m qarzdorlik undirilib, 2 030 ta ijro hujjatlari ijrosi taʼminlangan.

 

Bundan ko‘zlangan maqsad - qarzdorlarning javobgarlikdan qochishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning mulki hisobidan qarzdorliklarni undirish va qonun ustuvorligini taʼminlashdir.