O'zbekiston

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Ayni paytda transport vositasi onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2026 yil 2 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor b.K.dan undiruvchi “H.F.C.” MCHJ foydasiga 567 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud.

 

Ijro ishi doirasida qarzdorning mulkiy va moliyaviy holati o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborildi. Olingan maʼlumotlar asosida qarzdorning bank hisobvaraqlariga hamda unga tegishli avtotransport vositasiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda cheklovlar o‘rnatildi.

 

Shu bilan birga, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lash zarurligi bir necha marotaba tushuntirilib, tegishli tartibda ogohlantirilgan. Biroq ko‘rilgan choralarga qaramasdan, qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmadi.

 

Natijada, ijro hujjati talablarini amalda taʼminlash maqsadida qarzdorga tegishli "MALIBU 2" rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlandi hamda onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda.

 

Avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda undiruvchi tadbirkor foydasiga yo‘naltirilib, mavjud qarzdorlikni qoplashga sarflanadi.

 

Mazkur holat yana bir bor sud hujjatida belgilangan majburiyatlarni o‘z vaqtida va ixtiyoriy ravishda bajarish muhimligini ko‘rsatadi. Chunki qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmaslik mol-mulkni xatlash, cheklovlar qo‘llash va uni majburiy tartibda realizatsiya qilish kabi ijro choralariga sabab bo‘lishi mumkin.