O'zbekiston

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

 

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil sentabr oyida 8 ta yig‘ilish o‘tkazib, jami 37 ta masalani muhokama qildi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ko‘rib chiqilgan masalalarning 21 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga tegishli bo‘ldi. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, akkreditatsiya va to‘lov tashkilotiga litsenziya berish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushlariga egalik qilish uchun ruxsat berish, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 

Qo‘mita kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 16 ta masalani ham ko‘rib chiqdi. Ular orasida Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlar talablariga rioya etilishi, banklar va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, shuningdek, moliyaviy xizmatlarni “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari bor.

 

Prudensial normativlar va qonunchilik talablariga rioya etilmagani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlarida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Ayni paytda transport vositasi onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda.