Jahon

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov etnik qirg‘izlarga fuqarolik va pasportlarni bir kun ichida rasmiylashtirib berishni topshirdi. Bu haqda u Botken shahri aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

 

Uchrashuvda Botken tumanida yashovchi, O‘zbekistondan kelgan va qirg‘iz millatiga mansub erkakka turmushga chiqqan ayol prezidentga murojaat qilgan. U uzoq vaqtdan beri Qirg‘iziston fuqaroligini ololmayotganini bildirgan.

 

Japarov tegishli mas’ullarga ayolning muammosini hal qilishni topshirib, agar shaxs etnik qirg‘iz bo‘lsa, unga fuqarolik va pasport bir kun ichida berilishi kerakligini aytgan.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, Afg‘oniston va Tojikistondan kelgan etnik qirg‘izlar hamon qayrilman maqomiga ega.

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

Turkiya prezidenti Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.