Jahon

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

Turkiya prezidenti Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an husiylarning Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroportiga qilgan hujumini qoraladi. U Anqaraning Saudiya Arabistoni va uning xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

 

Erdog‘an Anqarada vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng qilgan bayonotida hujumni noqonuniy va g‘ayriinsoniy deb atadi. U halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.

 

Turkiya rahbarining ta’kidlashicha, Anqara mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash tarafdori hamda bu yo‘ldagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

 

Erdo‘g‘an, shuningdek, Makka qo‘shma mudofaa kelishuvi yaqin kunlarda parlamentga tasdiqlash uchun kiritilishini ma’lum qildi.

 

Avvalroq Saudiya Arabistoni rasmiylari Ar-Riyod xalqaro aeroportiga qilingan hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani va 309 kishi jarohatlanganini bildirgan. Husiylarga qarshi arab koalitsiyasi vakili Turki al-Maliki hujum uchun Yamandagi husiylar harakatini ayblagan.

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

AQSh prezidenti Pekin va Moskvaning Tehronga ko‘maklashayotgani haqidagi taxminlarni rad etib, ikki davlat bunday yordam tufayli ko‘p narsani yo‘qotishi mumkinligini ta’kidladi.

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.