Jahon

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

 

Saudiya Arabistoni Yamandagi husiy isyonchilarining hujumlari kuchayib borayotgani sababli Pokistondan havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yordam so‘radi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qirollik keyingi hujumlarni qaytarish uchun zarur bo‘lgan tutib qoluvchi raketalar yetishmovchiligiga duch kelmoqda. Shu sababli Saudiya Arabistoni mavjud havo mudofaasi batareyalarini qirollik saroylari va energetika infratuzilmasi o‘rtasida qayta taqsimlashga majbur bo‘lgan.

 

Ar-Riyod harbiy ittifoqchisi Pokistondan yordam so‘rash bilan birga, dunyo bo‘ylab havo mudofaasi tizimlarini izlamoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Yamandagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun xorijiy jangchilarni yollash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

 

WSJ qayd etishicha, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning AQSh bilan yaqin aloqalarni mustahkamlash va mamlakatga katta miqdorda investitsiya kiritish bo‘yicha sa’y-harakatlariga qaramay, Vashington husiylar hujumlariga qarshi harbiy yordam ko‘rsatish borasidagi so‘rovlarga hozircha ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. AQSh Saudiya Arabistoniga harbiy maslahatchilar yuborgan.

 

Hujumlar xavfi valiahd shahzodaning shaxsiy xavfsizlik choralarini ham kuchaytirgan. Nashr manbalariga ko‘ra, 41 yoshli Muhammad bin Salmon kuchli qo‘riqlanadigan, bunkerlar bilan jihozlangan saroylar o‘rtasida harakatlanmoqda va maxsus tanlangan xavfsizlik guruhi tomonidan himoya qilinmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr kuni Ar-Riyoddagi asosiy aeroportga uyushtirilgan hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani va 309 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan. Jabrlanganlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lib, ular yengil tan jarohatlari olgan.

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.