MrBeast tashrifi dasturidagi hech bir band bekor qilinmagan — Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Tasvirga olish guruhining qolgan a’zolari esa mamlakatning boshqa shaharlarida suratga olish ishlarini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi MrBeast’ning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Jamg‘arma ma’lum qilishicha, Jimmi Donaldson (MrBeast) tashrifi dastlabdan Toshkent va Samarqand shaharlarini qamrab olishi rejalashtirilgan. Dastur MrBeast jamoasi bilan oldindan kelishilgan va tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilgan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, dasturdagi hech bir band bekor qilinmagan va MrBeast’ning O‘zbekistondan jo‘nab ketish sanasi avvaldan belgilangan.
Shuningdek, tasvirga olish guruhining qolgan a’zolari reja bo‘yicha mamlakatning boshqa shaharlarida suratga olish ishlarini davom ettirmoqda.
Jamg‘arma Toshkent va Samarqand aholisi hamda mehmonlariga MrBeast va uning jamoasini iliq kutib olgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Tashrifga oid aniq ma’lumotlar Jamg‘armaning rasmiy kanallarida e’lon qilib borilmoqda.








