O'zbekiston

Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi

Davlat mehnat inspeksiyasi paxta yig‘im-terimi mavsumida 145 ta monitoring o‘tkazib, majburiy mehnat, ish haqlarini kechiktirish va mehnat shartnomalarining mavjud emasligi bilan bog‘liq holatlarni qayd etdi.

Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi


 
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan paxta yig‘im-terimi mavsumida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan hududlarda o‘tkazilgan monitoringlar davomida 132 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqda inspeksiya ma’lum qildi.
 


Joriy yilning 10-oktyabr holatiga ko‘ra, jami 145 ta monitoring o‘tkazilgan. Aniqlangan qonunbuzilishlarning 3 tasi fuqarolarni majburiy mehnatga jalb etish, 18 tasi mehnat sharoitlari talablariga rioya qilmaslik, 25 tasi terim pullarini o‘z vaqtida bermaslik bilan bog‘liq.
 


Shuningdek, 86 ta holatda terimchilar bilan mehnat shartnomasi tuzilmagani aniqlangan. Qonunbuzilishlar yuzasidan 46 ta holat bo‘yicha jami 172,8 mln so‘m jarima belgilangan. Shundan 44 ta holatda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi asosida 106,8 mln so‘m, yana 2 ta holatda 51-modda asosida 66 mln so‘m jarima qo‘llanilgan.
 


Bundan tashqari, mas’ullarga 32 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, terimchilarga to‘lanishi kerak bo‘lgan 8 mlrd 870,6 mln so‘m mablag‘ undirib berilgan.
 


Davlat mehnat inspeksiyasi paxta terimida ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish, terim pullarining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash va majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha monitoringlarni davom ettirishini bildirgan.

16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba: O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba: O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi FIRST Global Challenge musobaqasida mutlaq chempionlikka erishdi.

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

YTH oqibatida bir kishi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan.

Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Mirzaobod tumanida bolalarni meʼyordan ortiq tashigan haydovchiga chora ko‘rildi.

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi bir nechta viloyatdagi davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘rganib, tender va tanlovlarda raqobatni cheklash alomatlarini aniqladi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.