Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda
Germaniya va Polsha yangi cheklovlar tashabbusini ilgari surmoqda.

Yevropa Komissiyasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 23-paketini tayyorlashni boshladi. Yangi cheklovlar 2026-yil oxirigacha taqdim etilishi mumkin. Bu haqda Politico nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yangi sanksiyalarni ilgari surishda Germaniya va Polsha yetakchilik qilmoqda. 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi yig‘ilishida a’zo davlatlar, avvalo, Rossiya energetika sektoriga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
Politico bu tashabbusni Rossiya va AQSh o‘rtasida dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha yaqinda tuzilgan kelishuvlar bilan bog‘lagan.
Bundan avval Yevropa Ittifoqi Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksi bilan bog‘liq qariyb 1 600 ta kompaniya va jismoniy shaxsni qamrab oluvchi 22-sanksiyalar paketini tasdiqlagan edi. Cheklovlar mudofaa sanoati korxonalari, ularning rahbarlari hamda Qrim, Donbass va Novorossiyada Davlat Dumasi saylovlarida qatnashgan siyosatchilarga nisbatan ham joriy etilgan.







