O'zbekiston

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

YTH oqibatida bir kishi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan.

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

 

2026-yil 9-oktyabr kuni soat 13:00 lar atrofida Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 4K-560 avtomobil yo‘lining 14-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi Mirkan–Misit yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan to‘satdan chiqib qolgan velosipedchini urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga burgan.

 

Natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida qatnov qismining chap chekkasi bo‘ylab harakatlanayotgan elektroskuterni urib yuborgan.

 

Hodisa oqibatida elektroskuterdagi yo‘lovchilardan biri voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, ikkinchi yo‘lovchi ham shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona yo‘lida “A” yo‘laklar nazoratga olindi: kameralar o‘rnatildi

Farg‘ona yo‘lida “A” yo‘laklar nazoratga olindi: kameralar o‘rnatildi

Toshkentda avtobus yo‘laklariga kiradigan avtomobillar nazorati kuchaytirilmoqda.

16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba: O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba: O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi FIRST Global Challenge musobaqasida mutlaq chempionlikka erishdi.

Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Mirzaobod tumanida bolalarni meʼyordan ortiq tashigan haydovchiga chora ko‘rildi.

Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi

Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi

Davlat mehnat inspeksiyasi paxta yig‘im-terimi mavsumida 145 ta monitoring o‘tkazib, majburiy mehnat, ish haqlarini kechiktirish va mehnat shartnomalarining mavjud emasligi bilan bog‘liq holatlarni qayd etdi.

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi bir nechta viloyatdagi davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘rganib, tender va tanlovlarda raqobatni cheklash alomatlarini aniqladi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.