O'zbekiston

44 mln so‘mga sotilayotgan qalbaki dollarlar: uch kishi ushlandi

Qalbaki pullar Turkiyadan olib kelingani aniqlangan.

44 mln so‘mga sotilayotgan qalbaki dollarlar: uch kishi ushlandi

 

Samarqand shahrida 7 400 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki banknotlarni sotishga uringan uch nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ular qalbaki pullarni 44 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga urinish faoliyati fosh etildi. Xususan, Toyloq tumanida yashovchi, 1996, 2002 va 2003-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, ular 100 dollarlik qalbaki banknotlardan iborat jami 7 400 AQSH dollarini shartli xaridorga 44 million so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olingan. Qalbaki kupyuralar Turkiyadan olib kelingani ma’lum bo‘lgan.

 

Shuningdek, qo‘lga olinganlarning ikki nafari muqaddam sudlangani aniqlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Qalbaki valyuta savdosiga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

To‘lovning FIFA yillik hisobotida ko‘rsatilmagani rahbar daromadlarining shaffofligi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi.

Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi

Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi

Haydovchi keskin burilishda tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan va ustunga urilgan.

Isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshishi mumkin: yangi tartib taklif qilindi

Isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshishi mumkin: yangi tartib taklif qilindi

Isitish tariflarini har yili 1-maydan indeksatsiya qilish, issiqlik energiyasi narxini 15 foizgacha kamaytirish va tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish choralari ko'rib chiqilmoqda.

Qurilish litsenziyasi 2–3 kunda berilishi mumkin: oylab kutiladigan jarayon raqamlashtiriladi

Qurilish litsenziyasi 2–3 kunda berilishi mumkin: oylab kutiladigan jarayon raqamlashtiriladi

Litsenziya olish uchun 30–40 tagacha hujjat taqdim etish talabini bekor qilish taklif etilmoqda.

Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual taʼlim yo‘lga qo‘yildi

Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual taʼlim yo‘lga qo‘yildi

Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorlik doirasida bo‘lajak jurnalistlarni amaliy tayyorlash va Markazning ilmiy-ma’rifiy merosini zamonaviy media orqali yoritish ko‘zda tutilgan.