Jahon

Eronga qarshi yangi hujum ehtimoli: Tramp va Netanyaxu bir necha bor muzokara o‘tkazgan

Tramp hozircha yakuniy qarorga kelmagan, uning maslahatchilarining aksariyati esa iqtisodiy bosimni davom ettirish tarafdori.

Eronga qarshi yangi hujum ehtimoli: Tramp va Netanyaxu bir necha bor muzokara o‘tkazgan

 

Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiyani qayta boshlash ehtimolini muhokama qilgan. Bu haqda Isroilning N12 telekanali xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta davomida ikki mamlakat rasmiylari o‘rtasida bir necha bor muzokaralar o‘tkazilgan. Netanyaxu qo‘shma zarbalar zarurligini Eronning yadroviy dasturini qayta tiklashga urinayotgani haqidagi xavotirlar bilan izohlagan.

 

Axios xabarida aytilishicha, o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida ham Isroil bosh vaziri Eron yadroviy dasturiga oid razvedka ma’lumotlaridan xavotir bildirgan. Muhokamalarda harbiy va yadroviy obyektlarga AQSh va Isroil tomonidan birgalikda zarba berish ehtimoli ko‘rib chiqilgan.

 

Biroq Tramp bu borada hozircha qat’iy qaror qabul qilmagan. Manbalarning bildirishicha, uning pozitsiyasi o‘zgarib turibdi. Pentagon rahbari Pit Xegset va AQSh Markaziy qo‘mondonligi vakillari harbiy amaliyotlarni qayta boshlash tarafdorlari sifatida tilga olingan. Tramp maslahatchilarining aksariyati esa iqtisodiy sanksiyalar va boshqa bosim choralarini davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.

 

Xabarlarga ko‘ra, 2-oktyabr kuni Kemp-Devidda Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli vakillari mojaroning keyingi bosqichlari va Eronga qayta zarba berish ehtimolini muhokama qilish uchun uzoq davom etgan uchrashuv o‘tkazgan.

 

Isroil harbiy rahbariyati ham mojaroning qayta boshlanishi oqibatlaridan xavotirda. N12 ma’lumotiga ko‘ra, Isroil armiyasi bosh shtabi rahbari Eyal Zamir amerikalik hamkasblari bilan suhbatda yangi harbiy harakatlar va Eronning javob zarbalari Isroildagi saylovlarni kechiktirishga olib kelishi mumkinligini bildirgan.

 

Isroilda parlament saylovlari 27-oktyabrga, AQShda esa Kongressning oraliq saylovlari 3-noyabrga belgilangan. Shu sababli Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiyaning qayta boshlanishi siyosiy jihatdan ham sezgir masala bo‘lib qolmoqda.

 

Manbalarning ta’kidlashicha, AQSh va Isroil harbiylari yuqori shaylik holatida qolmoqda va Tramp qarorini o‘zgartirgan taqdirda harakatlarni qayta boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ebola qurbonlari soni ortmoqda: o‘lim holatlari 4 381 taga yetdi

Ebola qurbonlari soni ortmoqda: o‘lim holatlari 4 381 taga yetdi

Kongoida 9 066 ta infeksiya holati qayd etildi.

24 soat ichida 104 ta zarba: husiylar Saudiya Arabistonini ayblamoqda

24 soat ichida 104 ta zarba: husiylar Saudiya Arabistonini ayblamoqda

Harbiy qo‘mondonlik vakili hujumlar oqibati tinch aholi halok bo'lganini bildirdi.

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya rasmiylari ikki yuk kemasiga dronlar bilan hujum qilinganini bildirdi. Rossiya elchisi izoh berish uchun chaqirtirildi.

Ar-Riyod aeroporti 17-oktyabrgacha yopiq qoladi: husiylar hujumlaridan keyin tekshiruvlar davom etmoqda

Ar-Riyod aeroporti 17-oktyabrgacha yopiq qoladi: husiylar hujumlaridan keyin tekshiruvlar davom etmoqda

Parvozlar xavfsizligini ta’minlash va infratuzilmani tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

15 nafardan ortiq kishi so‘roq qilinmoqda, biroq bolaning qayerdaligi hozircha noma’lum.

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Germaniya va Polsha yangi cheklovlar tashabbusini ilgari surmoqda.

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

AQSh prezidenti Pekin va Moskvaning Tehronga ko‘maklashayotgani haqidagi taxminlarni rad etib, ikki davlat bunday yordam tufayli ko‘p narsani yo‘qotishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

Turkiya prezidenti Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.