O'zbekiston

Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual taʼlim yo‘lga qo‘yildi

Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorlik doirasida bo‘lajak jurnalistlarni amaliy tayyorlash va Markazning ilmiy-ma’rifiy merosini zamonaviy media orqali yoritish ko‘zda tutilgan.

Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual taʼlim yo‘lga qo‘yildi

 

Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida talabalarni bevosita ish jarayonida tayyorlashga qaratilgan dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Hamkorlik doirasida bo‘lajak jurnalistlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va gid-jurnalistlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.

 

2026-yil 30-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagoglar bilan uchrashuvda oliy ta’limda dual ta’limni rivojlantirish, universitetlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlagan edi. Davlat rahbari ilgari surgan «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tamoyili nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

 

Mazkur tashabbus doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Unda talabalar bilimini amaliy faoliyat bilan mustahkamlash, Markazning ilmiy-ma’rifiy merosini zamonaviy media vositalari orqali yoritish masalalari muhokama qilindi.

 

Firdavs Abduxoliqov ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda milliy merosni zamonaviy media orqali targ‘ib qilish muhimligini qayd etdi. Uning aytishicha, talabalar uchun xorijiy ekspertlarni ham jalb etish rejalashtirilgan. Bu ularga xalqaro tajriba bilan tanishish va media sohasidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish imkonini beradi.

 

Markaz rahbari, shuningdek, tarixiy va ilmiy merosni xalqaro auditoriyaga yetkazishda jurnalistlarning kasbiy mahorati muhimligini ta’kidladi. Uning fikricha, axborotni shunchaki yetkazish emas, balki ishonchli manbalarga tayanib, tarixiy voqea va hodisalarning mazmunini turli auditoriyalarga tushunarli tarzda ochib berish ham zarur.

 

Uchrashuvda gid-jurnalistlar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Markazga turli mamlakatlardan olimlar, tadqiqotchilar, jurnalistlar va sayyohlar tashrif buyurishini hisobga olganda, bo‘lajak mutaxassislar tarixiy bilim, jurnalistik mahorat, muloqot madaniyati va xorijiy tillarni bilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

 

Universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ham dual ta’lim bo‘lajak jurnalistlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, zamonaviy jurnalistdan matn yozish bilan birga, ma’lumotlarni tahlil qilish, faktlarni tekshirish, turli formatlarda kontent tayyorlash va auditoriya bilan samarali muloqot qilish ham talab etiladi.

 

Rektor Markaz bilan hamkorlik talabalar uchun tarix, ilm-fan, madaniyat va ma’naviy merosga oid mavzularda materiallar tayyorlash, intervyu olish va reportajlar yaratish imkonini berishini bildirdi. Shuningdek, u gid-jurnalistlar tayyorlash tashabbusini istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida baholadi.

 

Hamkorlik talabalarni real kasbiy muhitga olib kirish, ularning amaliy tajribasini oshirish va Islom sivilizatsiyasi markazining boy ilmiy-ma’rifiy merosini zamonaviy media formatlari orqali kengroq auditoriyaga yetkazishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshishi mumkin: yangi tartib taklif qilindi

Isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshishi mumkin: yangi tartib taklif qilindi

Isitish tariflarini har yili 1-maydan indeksatsiya qilish, issiqlik energiyasi narxini 15 foizgacha kamaytirish va tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish choralari ko'rib chiqilmoqda.

Qurilish litsenziyasi 2–3 kunda berilishi mumkin: oylab kutiladigan jarayon raqamlashtiriladi

Qurilish litsenziyasi 2–3 kunda berilishi mumkin: oylab kutiladigan jarayon raqamlashtiriladi

Litsenziya olish uchun 30–40 tagacha hujjat taqdim etish talabini bekor qilish taklif etilmoqda.

Sel va fojia: Qashqadaryoda Damas oqizib ketilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Sel va fojia: Qashqadaryoda Damas oqizib ketilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida avtomobildagi yo‘lovchining jasadi topilgan.

Yandex Go’dagi uzilishlar: xizmatlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda

Yandex Go’dagi uzilishlar: xizmatlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda

Ayrim to‘lovlarda xatolik va kechikishlar saqlanib qolishi mumkin.

Issiqxona egalari uchun yangi imtiyozlar: soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

Issiqxona egalari uchun yangi imtiyozlar: soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

Shuningdek, yangi issiqxona qurish uchun 300 million so‘mgacha kredit ajratish ko‘rib chiqilmoqda.

5,8 kg pregabalin va 100 mingta bo‘sh kapsula: Gulistonda narkolaboratoriya aniqlandi

5,8 kg pregabalin va 100 mingta bo‘sh kapsula: Gulistonda narkolaboratoriya aniqlandi

Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ehtiyojmand oilalarga yordam: 1 mln so‘mdan ajratish taklif qilindi

Ehtiyojmand oilalarga yordam: 1 mln so‘mdan ajratish taklif qilindi

Loyiha doirasida elektr va gaz xarajatlari uchun kompensatsiya mezonlarini kengaytirish, ayrim hududlarda elektr energiyasi iste’mol me’yorini oshirish ham nazarda tutilgan.

Piskent tumani hokimiga hayfsan: bunga fermerlar bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘ldi

Piskent tumani hokimiga hayfsan: bunga fermerlar bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘ldi

Hokimning fermerlarni haqorat qilgani va kartoshka ekilmasa, yerlarini olib qo‘yish bilan tahdid qilgani aytilgandi.