O'zbekiston

Qurilish litsenziyasi 2–3 kunda berilishi mumkin: oylab kutiladigan jarayon raqamlashtiriladi

Litsenziya olish uchun 30–40 tagacha hujjat taqdim etish talabini bekor qilish taklif etilmoqda.

Qurilish litsenziyasi 2–3 kunda berilishi mumkin: oylab kutiladigan jarayon raqamlashtiriladi

 

Qurilish sohasida litsenziya olish yoki uning toifasini oshirish uchun talab etiladigan 30–40 tagacha hujjatni taqdim etish majburiyatini bekor qilish taklif etilmoqda. Yangi tartib joriy etilsa, ilgari 2–3 oygacha vaqt olgan jarayonni onlayn tarzda 2–3 kun ichida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

 

Bu haqda OAV uchun Kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.

 

Uning aytishicha, vazirlik tomonidan Hukumatga kiritilgan qaror loyihasida loyiha-qidiruv, qurilish-pudrat va xususiy ekspertiza faoliyati uchun litsenziya olish yoki uning toifasini oshirishda arizaga ko‘plab hujjatlarni ilova qilish talabini bekor qilish nazarda tutilgan.

 

Zarur ma’lumotlarni tegishli axborot tizimlaridan idoralararo integratsiya orqali avtomatik olish taklif etilmoqda. Bu litsenziyalash jarayonini raqamlashtirish, ortiqcha hujjatbozlikni kamaytirish va inson omilini cheklashga qaratilgan.

 

Loyiha doirasida arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini 50–60 foizgacha qisqartirish ham ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, litsenziya talablariga mos mutaxassislarni izlayotgan tashkilotlar uchun ish qidiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish imkoniyati yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi

Farg‘onada tezlik fojiasi: BMW haydovchisi YTHda vafot etdi

Haydovchi keskin burilishda tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan va ustunga urilgan.

Isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshishi mumkin: yangi tartib taklif qilindi

Isitish tariflari har yili 10 foizgacha oshishi mumkin: yangi tartib taklif qilindi

Isitish tariflarini har yili 1-maydan indeksatsiya qilish, issiqlik energiyasi narxini 15 foizgacha kamaytirish va tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish choralari ko'rib chiqilmoqda.

Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual taʼlim yo‘lga qo‘yildi

Prezident tashabbusi amalda: Islom sivilizatsiyasi markazida dual taʼlim yo‘lga qo‘yildi

Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorlik doirasida bo‘lajak jurnalistlarni amaliy tayyorlash va Markazning ilmiy-ma’rifiy merosini zamonaviy media orqali yoritish ko‘zda tutilgan.

Sel va fojia: Qashqadaryoda Damas oqizib ketilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Sel va fojia: Qashqadaryoda Damas oqizib ketilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida avtomobildagi yo‘lovchining jasadi topilgan.

Yandex Go’dagi uzilishlar: xizmatlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda

Yandex Go’dagi uzilishlar: xizmatlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda

Ayrim to‘lovlarda xatolik va kechikishlar saqlanib qolishi mumkin.

Issiqxona egalari uchun yangi imtiyozlar: soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

Issiqxona egalari uchun yangi imtiyozlar: soliqlarni 50 foizga kamaytirish taklif qilindi

Shuningdek, yangi issiqxona qurish uchun 300 million so‘mgacha kredit ajratish ko‘rib chiqilmoqda.

5,8 kg pregabalin va 100 mingta bo‘sh kapsula: Gulistonda narkolaboratoriya aniqlandi

5,8 kg pregabalin va 100 mingta bo‘sh kapsula: Gulistonda narkolaboratoriya aniqlandi

Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ehtiyojmand oilalarga yordam: 1 mln so‘mdan ajratish taklif qilindi

Ehtiyojmand oilalarga yordam: 1 mln so‘mdan ajratish taklif qilindi

Loyiha doirasida elektr va gaz xarajatlari uchun kompensatsiya mezonlarini kengaytirish, ayrim hududlarda elektr energiyasi iste’mol me’yorini oshirish ham nazarda tutilgan.