O'zbekiston

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar sudi binosida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar sudlarining rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

 

Avvalroq aktyor Bilol Isxakov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga murojaat qilgan edi. U sud binosida tug‘ishgan akasi kaltaklanganini aytib, holatga huquqiy baho berish va oilasiga amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

 

Aktyor e’lon qilgan videoda qora kiyimdagi shaxs oq futbolka kiygan erkakka bir necha bor zarba berayotgani aks etgan. Isxakovning aytishicha, voqea vaqtida ichki ishlar xodimi janjalni to‘xtatish o‘rniga tashqariga chiqib ketgan.

 

Murojaatida aktyor Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlari va tuman prokuraturasi faoliyatidan noroziligini ham bildirgan. Uning ta’kidlashicha, X.Z. va uning sheriklariga oid ish doirasida sud-tibbiy hamda xatshunoslik ekspertizalari xulosalari mavjud bo‘lsa-da, tegishli choralar ko‘rilmayapti. Isxakov tuman prokuraturasi tomonidan uchinchi marta qayta ekspertiza tayinlash masalasi ko‘tarilayotganini ham aytgan.

 

Toshkent shahar sudlarining rasmiy bayonotida esa janjalga aloqador tomonlarning sud binosiga kelishiga sabab bo‘lgan sud jarayoni haqida ma’lumot berilgan.

 

Qayd etilishicha, firibgarlik va bezorilik jinoyatlarida aybdor deb topilgan F. Z.ga oid birinchi instansiya sudi hukmi ustidan sudlanuvchi hamda jabrlanuvchilar Sh. I. va Z. I. apellyatsiya shikoyati bergan.

 

Biroq tomonlar shikoyatlarini qaytarib olgan. Shu sababli Toshkent shahar sudi apellyatsiya-instansiyasining-2026-yil-29-sentyabrdagi ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tugatilgan.

 

Sud binosidagi janjal yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha esa tergov harakatlari davom etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

To‘lovning FIFA yillik hisobotida ko‘rsatilmagani rahbar daromadlarining shaffofligi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi.

44 mln so‘mga sotilayotgan qalbaki dollarlar: uch kishi ushlandi

44 mln so‘mga sotilayotgan qalbaki dollarlar: uch kishi ushlandi

Qalbaki pullar Turkiyadan olib kelingani aniqlangan.