O'zbekiston

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

 

O‘zbekistonda nikoh yoshiga oid qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy jarimalar oshirildi. Bu bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunda belgilangan.

 

Qonunchilikdagi o‘zgartishlarga ko‘ra, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan amalda nikoh munosabatlariga kirish uchun jarima miqdori 5–10 BHMdan 10–15 BHMgacha oshirildi.

 

Shuningdek, nikoh yoshiga yetmagan shaxsni turmushga berish yoki uylantirish uchun ota-onalar yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga 20–25 BHM miqdorida jarima belgilandi. Ilgari bu miqdor 7–15 BHMni tashkil etgan.

 

Bundan tashqari, nikohi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzish maqsadida diniy marosim o‘tkazganlik uchun jarima 15–30 BHMdan 30–50 BHMgacha oshirildi.

 

O‘zgarishlar nikoh yoshiga oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik va odamlarni ushbu faoliyatga jalb qilish uchun jazolarni kuchaytirildi.

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmagan ota-onalar uchun jazo kuchaytirildi.

Tibbiy xizmatlar narxi asossiz oshirilgan: uch hududda qonunbuzilishlar aniqlandi

Tibbiy xizmatlar narxi asossiz oshirilgan: uch hududda qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, iste’molchilardan jami 1 mlrd so‘mdan ortiq ortiqcha mablag‘ undirilgan.

Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar mushtlashdi: sinf rahbari ishdan olindi

Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar mushtlashdi: sinf rahbari ishdan olindi

Uch nafar o‘quvchi qizning o‘zaro tortishuvi janjalga aylangan.

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

Respondentlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanib, faqat statistik maqsadlarda ishlatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.