O'zbekiston

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmagan ota-onalar uchun jazo kuchaytirildi.

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

 

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash va ularga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi. Bu bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunda belgilangan.

 

Qonunga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmasa, jumladan, ularning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga sabab bo‘lsa, javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Shuningdek, zarur imkoniyatlarga ega bo‘lgan ota-onalar bolaning asosiy ehtiyojlarini qasddan qondirmasligi oqibatida uning sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy yoki axloqiy rivojlanishiga zarar yetsa ham javobgarlik belgilanadi.

 

Mazkur huquqbuzarlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha etib belgilandi. Kodeksning 47-moddasidagi boshqa huquqbuzarliklar uchun ham jarimalar oshirildi: ota-onalar yoki vasiylar tomonidan majburiy umumiy o'rta, o'rta maxsus yoki kasb-hunar ta'limini tugatishga to'sqinlik qilish 15 dan 20 BRV gacha jarima solishga sabab bo'ladi. Takrorlangan huquqbuzarlik 20 dan 30 BRV gacha jarima yoki ayrim holatlarda 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ham qo‘llanishi mumkin. Voyaga yetmaganlarni qarovsiz qoldirish uchun 5 dan 10 BRV gacha jarima solinadi.

 

Qonun bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ota-onalarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik va odamlarni ushbu faoliyatga jalb qilish uchun jazolarni kuchaytirildi.

Tibbiy xizmatlar narxi asossiz oshirilgan: uch hududda qonunbuzilishlar aniqlandi

Tibbiy xizmatlar narxi asossiz oshirilgan: uch hududda qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, iste’molchilardan jami 1 mlrd so‘mdan ortiq ortiqcha mablag‘ undirilgan.

Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar mushtlashdi: sinf rahbari ishdan olindi

Andijondagi maktabda o‘quvchi qizlar mushtlashdi: sinf rahbari ishdan olindi

Uch nafar o‘quvchi qizning o‘zaro tortishuvi janjalga aylangan.

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

Respondentlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanib, faqat statistik maqsadlarda ishlatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.