Jahon

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Yamanning janubidagi Adan shahrida joylashgan prezident saroyi majmuasiga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi. Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan bosh vazir va hukumat a’zolari jabrlanmagan.

 

Reuters agentligiga ikki hukumat rasmiysi xabar berishicha, husiylar payshanba kuni Maashiq prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari bergan. Yaman axborot vaziri Moammar al-Eryaniyning aytishicha, majmuaga jami beshta raketa uchirilgan.

 

Husiylar nazoratidagi SABA axborot agentligi harbiy rasmiysiga tayanib, hujum Saudiya Arabistoni harbiylari boshqaruvidagi operatsiyalar shtab-kvartirasi va qurol-yarog‘ omborlariga qaratilganini ma’lum qilgan. Reuters bu ma’lumotlarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan.

 

Guruhning harbiy vakili Yahyo Sariy zarbani Saudiya Arabistonining harbiy kuchlari to‘planadigan joylarni nishonga olish siyosatining bir qismi sifatida izohlagan.

 

Avvalroq uch nafar guvoh saroy yaqinida kuchli portlash ovozlarini eshitganini Reuters agentligiga bildirgan.

Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot

Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot

Falastinlik mahbuslar jamiyati bolalarga nisbatan qiynoqlar, ochlik va tibbiy yordamdan mahrum qilish holatlari kuzatilayotganini bildirdi.

Pokistonda maktab tomi quladi: 32 o‘quvchi va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi

Pokistonda maktab tomi quladi: 32 o‘quvchi va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida yana bolalar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

“Zelenskiyning ketish vaqti keldi” — Ilon Mask

“Zelenskiyning ketish vaqti keldi” — Ilon Mask

Avvalroq Donald Tramp ham Ukrainada yangi prezident saylash vaqti kelganini bildirgan edi.

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari: qariyb 8 ming kishi hibsga olindi

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari: qariyb 8 ming kishi hibsga olindi

Namoyishlar vaqtida politsiya xodimlari, ta’lim sohasi vakillari va o‘quvchilar ham jarohatlangan.

Istanbul va yana ikki viloyatda suv toshqini xavfi: o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Istanbul va yana ikki viloyatda suv toshqini xavfi: o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Kuchli yomg‘ir va shamol suv toshqinlari hamda yo‘llarda harakatlanish qiyinlashishiga olib kelishi mumkin.

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgaradi: elektron ruxsatnoma majburiy bo‘ladi

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgaradi: elektron ruxsatnoma majburiy bo‘ladi

Yangi tartib 2026-yil noyabridan bosqichma-bosqich joriy etiladi.

AQSh Eronga qarshi “barcha bombalarning onasi”dan foydalanishi mumkin — CNN

AQSh Eronga qarshi “barcha bombalarning onasi”dan foydalanishi mumkin — CNN

AQSh Eronning energetika va yadroviy obyektlariga zarba berish rejalarini muhokama qilmoqda.

11 yilda 81 mingga yaqin migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi — BMT

11 yilda 81 mingga yaqin migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi — BMT

Ularning kamida 4 414 nafari bolalar bo‘lgan.