O'zbekiston

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

Respondentlar haqidagi ma’lumotlar sir saqlanib, faqat statistik maqsadlarda ishlatiladi.

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish boshlanadi: jarayon 30-noyabrgacha davom etadi

 

Hukumatning 2026-yil 9-oktyabrdagi 557-son qarori bilan O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olishni o‘tkazish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Qarorga ko‘ra, ro‘yxatga olish 15-oktyabrdan 30-noyabrgacha amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olishning hisob sanasi esa 2026-yil 1-oktabr, soat 00:00 etib belgilangan.

 

Jarayonda yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan subyektlar ham qamrab olinadi.

 

Yuridik shaxslar hisobot.stat.uz sayti orqali, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar esa census.stat.uz platformasi orqali mustaqil ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatga oluvchi xodimlar iqtisodiy birliklarni ularning faoliyat yuritayotgan manzilida ham ro‘yxatga oladi. So‘rovlar soat 09:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.

 

Qarorda respondentlar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligi ham belgilangan. Ushbu ma’lumotlardan faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi.

 

Ro‘yxatga olish bilan bog‘liq savol va murojaatlar uchun 1851 qisqa raqamli koll-markaz tashkil etiladi.

 

Ro‘yxatga olish yakunlari Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy saytida 2027-yil 1-sentabrgacha e’lon qilinadi. Jarayon tugaganidan keyin 10 kun davomida ro‘yxatga olingan iqtisodiy birliklarning 5 foizigacha qismi tanlanma nazorat tartibida tekshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sud binosidagi janjal: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aktyor Bilol Isxakov avvalroq Prezident va Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bokuga bordi

O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivali: Rashid Malikovning filmi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Inson taqdiri haqidagi hikoya xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

Pedofillarga umrbod qamoq: Prezident kutilgan qonunni imzoladi

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Avtobus tozaligiga beparvolik qimmatga tushdi: uch mexanik jarimaga tortildi

Toshkentda 66-yo‘nalishdagi avtobusning sanitariya holati ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilingan.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari arzonlashadi: bojxona yig‘imi 20 foizga tushiriladi

Bundan tashqari, ayrim logistika markazlari 2040-yilgacha yer va mol-mulk soliqlaridan ozod qilinadi.

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

Infantinoga Jahon chempionatidan 1,72 mln dollar to‘langan: mablag‘ hisobotda ko‘rsatilmagan

To‘lovning FIFA yillik hisobotida ko‘rsatilmagani rahbar daromadlarining shaffofligi yuzasidan savollarni keltirib chiqardi.