O'zbekiston

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Dekabrga qadar ish joyidagi tazyiq va kamsitishlar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi portal ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda xodimlarning huquq va qadr-qimmatini himoya qilish, ish joylarida tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishning oldini olishga qaratilgan Milliy dasturni amalga oshirish boshlandi. Toshkentda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning 70 ga yaqin vakili ishtirokida dasturni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi, Inson kapitalini rivojlantirish loyihalar ofisi bosh koordinatori Nozimaxon Davletova har bir tashkilotda o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish muhimligini ta’kidlab, o‘z nutqida shunday dedi:

 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan islohot tufayli biz har bir insonga, erkak yoki ayol bo‘lishidan qat’i nazar, institutlararo hurmatni shakllantirish mexanizmini yaratmoqdamiz. Bu har bir tashkilotda me’yorga aylanishi kerak. O‘zaro hurmat madaniyati Yangi O‘zbekistonimiz uchun sog‘lom jamiyat va kelajakning kuchli kadrlarini shakllantiradi”.

 

Dasturning muhim yangiliklari:

  • Joriy yil dekabrigacha xodimlar ish joyidagi qonunbuzilishlar haqida anonim xabar berishi mumkin bo‘lgan “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” raqamli portali ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
  • 14 ta hududda 700 nafar fasilitator tayyorlanadi. Ular davlat tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish va xavfsiz ish muhitini yaratish uchun mas’ul 35 ming nafar xodimni o‘qitadi.
  • Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Tadbirda Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi doimiy vakili Nigina Abasazade va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabin Mahl ham ishtirok etib, qonunchilikda belgilangan kafolatlarni amalda ishlaydigan mexanizmlarga aylantirish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.

 

Milliy dastur Prezidentning 2026-yil 21-sentyabrdagi PQ–345-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentyabrdagi 518-son qarori asosida amalga oshiriladi.

 

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi boshqa avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashib, unga 54 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq taʼminlangan.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Allabergenova ushbu tayinlovga qadar Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik va odamlarni ushbu faoliyatga jalb qilish uchun jazolarni kuchaytirildi.

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmagan ota-onalar uchun jazo kuchaytirildi.

Tibbiy xizmatlar narxi asossiz oshirilgan: uch hududda qonunbuzilishlar aniqlandi

Tibbiy xizmatlar narxi asossiz oshirilgan: uch hududda qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, iste’molchilardan jami 1 mlrd so‘mdan ortiq ortiqcha mablag‘ undirilgan.