Jahon

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgaradi: elektron ruxsatnoma majburiy bo‘ladi

Yangi tartib 2026-yil noyabridan bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgaradi: elektron ruxsatnoma majburiy bo‘ladi

 

Qozog‘iston chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi, u yerda bo‘lishi va chiqishini tartibga soluvchi yangi qoidalarni tasdiqladi. Hukumat qaroriga ko‘ra, yangi tartib doirasida chet elliklar Qozog‘istonga kirish uchun elektron ruxsatnoma olishlari kerak bo‘ladi.

 

Ruxsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan milliy xavfsizlik idoralari bilan kelishilgan holda raqamli platforma orqali bepul beriladi. Ariza rejalashtirilgan safardan kamida 72 soat oldin topshirilishi va arizachi shaxsini tasdiqlash jarayonidan o‘tishi kerak.

 

Elektron ruxsatnoma 180 kalendar kun davomida amal qiladi. Biroq bu muddat chet el fuqarosining Qozog‘istonda qancha vaqt qolishi mumkinligini belgilamaydi — mamlakatda bo‘lishning ruxsat etilgan muddati alohida tartibga solinadi.

 

Chegarada xorijiy fuqarolar ruxsatnoma olishda foydalangan pasporti yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishlari kerak. Ruxsatnoma haqidagi ma’lumotlar «Berkut» yagona raqamli tizimi orqali tekshiriladi.

 

Elektron ruxsatnomani tekshirish tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

  • 2026-yil 1-noyabrdan — Aktau xalqaro aeroporti hamda Urlyutobe, Auhatti, Atameken va Nurli Jol chegara o‘tkazish punktlarida;

  • 2027-yil 1-yanvardan — Ostona va Olmaota xalqaro aeroportlarida;

  • 2027-yil 1-martdan — davlat chegarasidagi boshqa barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida;

  • 2027-yil 1-iyuldan — elektron kirish ruxsatnomasi majburiy bo‘ladi.

 

O‘tish davrida ruxsatnomasi bo‘lmagan chet elliklarga hujjatni rasmiylashtirish zarurati tushuntiriladi, biroq faqat uning yo‘qligi sababli mamlakatga kirish rad etilmaydi. 2027-yil 1-iyuldan keyin esa ruxsatnomaning mavjud emasligi kirishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

 

Kimlar ruxsatnoma olish kerak?

 

Yangi tartib vizasiz rejim amal qiladigan davlatlar fuqarolariga ham taalluqli bo‘ladi. Qozog‘istonga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lish elektron ruxsatnomadan ozod etilishni anglatmaydi.

 

Elektron ruxsatnoma olish uchun QazETA raqamli platformasidan foydalanish rejalashtirilgan. Platforma 2026-yil yanvaridan sinov rejimida ishlamoqda, hozircha esa ruxsatnoma olish tavsiyaviy xususiyatga ega.

 

Dastlab ruxsatnomani pulli asosda berish taklif qilingan bo‘lsa-da, tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra, u bepul rasmiylashtiriladi.

 

Shu bilan birga, elektron ruxsatnoma qabul qiluvchi tomonning chet el fuqarosi kelgani haqida migratsiya organlariga xabar berish majburiyatini bekor qilmaydi. Tegishli xabarnoma amaldagi tartibda taqdim etilishi kerak.

“Zelenskiyning ketish vaqti keldi” — Ilon Mask

“Zelenskiyning ketish vaqti keldi” — Ilon Mask

Avvalroq Donald Tramp ham Ukrainada yangi prezident saylash vaqti kelganini bildirgan edi.

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari: qariyb 8 ming kishi hibsga olindi

Fransiyada o‘quvchilar namoyishlari: qariyb 8 ming kishi hibsga olindi

Namoyishlar vaqtida politsiya xodimlari, ta’lim sohasi vakillari va o‘quvchilar ham jarohatlangan.

Istanbul va yana ikki viloyatda suv toshqini xavfi: o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Istanbul va yana ikki viloyatda suv toshqini xavfi: o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Kuchli yomg‘ir va shamol suv toshqinlari hamda yo‘llarda harakatlanish qiyinlashishiga olib kelishi mumkin.

AQSh Eronga qarshi “barcha bombalarning onasi”dan foydalanishi mumkin — CNN

AQSh Eronga qarshi “barcha bombalarning onasi”dan foydalanishi mumkin — CNN

AQSh Eronning energetika va yadroviy obyektlariga zarba berish rejalarini muhokama qilmoqda.

11 yilda 81 mingga yaqin migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi — BMT

11 yilda 81 mingga yaqin migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi — BMT

Ularning kamida 4 414 nafari bolalar bo‘lgan.

Reper Navai Qozog‘istonda ushlandi: u giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanmoqda

Reper Navai Qozog‘istonda ushlandi: u giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanmoqda

Uning avtomobilidan giyohvandlik vositasi topilgan, xonanda esa vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Yevropada energiya tanqisligi xavfi: Yevrokomissiya qish og‘ir kelishidan ogohlantirdi

Yevropada energiya tanqisligi xavfi: Yevrokomissiya qish og‘ir kelishidan ogohlantirdi

Yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar va energiya narxlarining oshishi Yevropada kelayotgan qish mavsumini murakkablashtirishi mumkin.

AQSH Grenlandiya resurslariga qiziqmoqda: Tramp neft va gaz loyihalarini ma’lum qildi

AQSH Grenlandiya resurslariga qiziqmoqda: Tramp neft va gaz loyihalarini ma’lum qildi

AQSH prezidenti orolda neft, gaz va foydali qazilmalarni keng ko‘lamda qidirish ishlari boshlanish arafasida ekanini aytdi, biroq loyihaning tafsilotlarini ochiqlamadi.