Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi
Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. U O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini Turkiya davlat rahbariga yetkazdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik natijalari hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilingan.
Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidentiga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e’tibor va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.








