O'zbekiston

16 yoshli qiz osilgan holda topildi: Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

16 yoshli qiz osilgan holda topildi: Bosh prokuratura ma’lumot berdi

 

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz’ga ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 12-oktabr kuni soat 18:12 da “112” raqamiga kelib tushgan xabar asosida tumandagi “Ibrohim ota” mahallasi, Chuqursoy ko‘chasida joylashgan xonadonda 2010-yil 17-avgustda tug‘ilgan M.R .ning vafot etgani aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qizning xonasi eshigi qulflanganini ko‘rgan ukasi balkon orqali xonaga kirgan va opasini osilgan holatda ko‘rgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari uning vafot etganini qayd etgan.

 

Hozirda holatning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.