AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi
Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

15-oktyabr kuni AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida joylashgan boshlang‘ich maktabda otishma sodir bo‘ldi. Mahalliy politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida uch nafar bola va bir nafar o‘qituvchi halok bo‘lgan.
СNN xabariga ko‘ra, otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan. Uning shaxsi va hujumga nima sabab bo‘lgani hozircha maʼlum qilinmagan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, voqea vaqtida maktabda qariyb 400 nafar o‘quvchi va 40 nafar xodim bo‘lgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar shifoxonaga olib borilgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni haqidagi maʼlumotlar aniqlashtirilmoqda.
СNN maʼlumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi politsiya xodimlari yetib kelishidan oldin to‘xtatilgan. Mahalliy aholidan biri qurollangan o‘smirni ko‘rib, uni bo‘ysundirgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda. СNN qayd etishicha, bu 2026 yil boshidan buyon AQSH maktablari hududida sodir bo‘lgan 36-otishma hodisasidir.







