O'zbekiston

Ikki yillik dastur: Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar yuboriladi

Mutaxassislar maktablarda ishlash bilan birga pedagogik va liderlik bo‘yicha treninglardan o‘tadi.

Ikki yillik dastur: Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar yuboriladi

 

“Teach for Uzbekistan” (TFU) va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuv chekka hududlardagi maktablarda xorijiy tillar, jumladan, sharq tillarini o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

 

Memorandumga ko‘ra, universitetning iqtidorli bitiruvchilari ikki yillik pedagogik va liderlik dasturi — Fellowship doirasida olis va chekka hududlardagi maktablarga jalb etiladi. Ular maktablarda to‘liq stavkada dars berish bilan birga, pedagogik mahorat va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan intensiv treninglarda ishtirok etadi.

 

Dastur qatnashchilariga ish haqidan tashqari qo‘shimcha moliyaviy va metodik ko‘mak ham ko‘rsatiladi. Fellowship dasturini tamomlagan mutaxassislar 60 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan “Teach For All” xalqaro tarmog‘i bitiruvchilari maqomiga ega bo‘ladi.

 

Hamkorlik doirasida chekka hududlardagi maktab o‘quvchilarining bilim darajasini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, til klublari va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: ayrim hududlarda ifloslanish darajasi oshdi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: ayrim hududlarda ifloslanish darajasi oshdi

Ayrim hududlarda qisqa muddatli nosog‘lom daraja qayd etilgan.

Kontraktning 25 yoki 50 foizi: talabalar qachongacha to‘lashi kerak?

Kontraktning 25 yoki 50 foizi: talabalar qachongacha to‘lashi kerak?

Shuningdek, kunduzgi bakalavriatda o‘qiyotgan pedagoglar farzandlari kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish uchun ariza topshirishi mumkin.

25 ming dollarlik kelishuv: Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari ushlandi

25 ming dollarlik kelishuv: Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari ushlandi

U tadbirkorga 1 gektar yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga pul talab qilgan.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentining ikki rasmiysi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentining ikki rasmiysi bilan uchrashdi

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Dekabrga qadar ish joyidagi tazyiq va kamsitishlar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi portal ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi boshqa avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashib, unga 54 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq taʼminlangan.