Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi bilan uchrashdi
Qator muhim tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqandda o‘tkaziladigan “C5+1” uchrashuvi hamda Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti bilan bog‘liq tashkiliy masalalar va kun tartibi muhokama qilindi.








