O'zbekiston

Maktabdagi qizlar janjali: direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi

Shuningdek, sinf rahbarlariga qat’iy ogohlantirish bildirilgan.

Maktabdagi qizlar janjali: direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi

 

Samarqand tumani 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi qizlar o‘rtasida janjal yuz bergani haqida tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, hodisa 2026-yil 12-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Holat tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganilgan.

 

O‘rganish davomida maktab ma’muriyati va mas’ul pedagoglar tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Shu munosabat bilan maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazosi berilgan, sinf rahbarlariga esa qat’iy ogohlantirish bildirilgan.

 

Shuningdek, janjalda ishtirok etgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan qonunchilikka muvofiq ma’muriy choralar ko‘rilgan.