O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev ACWA kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

Saudiya Arabistoni ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ACWA kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Muloqot davomida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

So‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni kompaniyalarining mamlakatimiz bozoriga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Buning natijasida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, yuqori texnologiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

Tomonlar erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga tayyor ekanini qayd etdilar.

 

Uchrashuv yakunida saudiyalik investorlar O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.