Saida Mirziyoyeva “Henderson Land Group” boshqaruvi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda energetika, infratuzilma va ta’lim sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — “Henderson Land Group” boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
“Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonaman”, — deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari.








