O'zbekiston

12 mingdan ortiq murojaat: banklarning yangilangan antireytingi e’lon qilindi

Ikki bank antireytingdan chiqdi, yana ikkitasi ro‘yxatga kirdi.

12 mingdan ortiq murojaat: banklarning yangilangan antireytingi e’lon qilindi

 

Markaziy bank 2026-yil uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha mijozlar murojaatlari asosida banklarning yangilangan antireytingini eʼlon qildi.


Hisobot davrida regulyatorga banklar faoliyati yuzasidan jami 12 307 ta murojaat kelib tushgan. Ular banklar mijozlari soniga nisbatan tahlil qilinib, har bir bank uchun murojaatlar indeksi shakllantirilgan.

 

Natijalarga ko‘ra, quyidagi 10 ta bank antireytingdan joy olgan:

  • Hayot Bank — 5,71;

  • BRB — 3,17;

  • Mikrokreditbank — 2,53;

  • TBC Bank — 1,96;

  • ANORBANK — 1,86;

  • Turonbank — 1,62;

  • Asakabank — 1,27;

  • InFinBank — 1,25;

  • AVO Bank — 1,25;

  • Kapitalbank — 1,24.

 

Joriy yildan boshlab Markaziy bank ushbu antireytingni har chorakda eʼlon qilib kelmoqda.


Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, InfinBank va Ipoteka bank antireytingdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Hayot Bank hamda Turonbank esa ro‘yxatga yangi kiritilgan.