Jahon

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

AQSh prezidenti Rossiya nefti va gazini xarid qiluvchi ayrim davlatlarga tariflar joriy etish choralarini ham to‘xtatdi.

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

 

Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi keng ko‘lamli sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, biroq ularni darhol to‘xtatib qo‘ydi. Qonun yangi cheklovlarni 18-oktabrgacha joriy etishni nazarda tutgan edi.

 

BBC ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishidan keyin AQSh tomonidan kiritilgan ko‘plab sanksiyalar prezidentning ijro farmonlariga asoslangan. Shu sababli Tramp ularni bekor qilish yoki yumshatish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

 

Yangi qonun avvalgi cheklovlarni qonunchilikda mustahkamlash bilan birga, Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishni ham nazarda tutadi. Shuningdek, prezidentga AQSh milliy manfaatlaridan kelib chiqib, ushbu choralarni to‘xtatib turish vakolati berilgan.

 

Tramp qonunda belgilangan muddat tugashidan oldingi oxirgi ish kuni farmon chiqargan. U hujjatda ko‘zda tutilgan sanksiyalar, cheklovlar va tariflarni to‘xtatib turishini bildirgan hamda bunday qaror AQSh milliy manfaatlariga mos kelishini Kongressga ma’lum qilgan.

 

Bu Trampning Rossiyaga qarshi cheklovlarni yumshatishga qaratilgan ilk qarori emas. BBC qayd etishicha, prezident bundan avval ham energiya narxlarining oshishi va amerikalik iste’molchilar manfaatlarini sabab qilib, Rossiya neft mahsulotlariga oid ayrim cheklovlarni yumshatgan.

 

Xalqaro energetika agentligi esa Yaqin Sharqdagi urush va energetika bozoridagi beqarorlik sabab neft ta’minotidagi muammolar 2027-yil bahorigacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirgan. Energiya narxlarining yuqoriligi Rossiya neftiga qarshi cheklovlar masalasida AQSh ma’muriyatining qarorlariga ta’sir qilishi mumkin.

 

Qaror 2026-yil 16-oktabrda imzolangan farmonda mustahkamlangan. Unga ko‘ra, qonunda nazarda tutilgan bir qator sanksiyalar va tariflar AQSh milliy manfaatlari asosida to‘xtatib turiladi. Farmonning amal qilish muddati prezident yoki vakolatli mansabdorlar keyingi choralarni zarur deb topguniga qadar davom etadi.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Hozircha Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti.

Eron hutiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eron hutiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eronning ko‘magi harbiy tayyorgarlik, razvedka va raketalarni boshqarish bo‘yicha yordamni o‘z ichiga olgan.

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Oktabr oyining dastlabki ikki haftasida Moskvaning to‘rtta aeroportidagi cheklovlar jami 101 soat davom etdi.

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Mamlakat bosh vaziri hukumatga qarshi namoyishlar ortida “tashqi kuchlar” turganini da’vo qildi.

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Yangi taqiq 2026-yil oxirigacha amal qiladi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

Musodara qilingan 30 kilogramm gashishning qora bozordagi qiymati taxminan 300 ming dollarga baholanmoqda.