Jahon

Istanbuldagi suv toshqinlari: qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi

Istanbulda bir kunda har kvadrat metrga 261 millimetr yog‘ingarchilik qayd etilib, shaharning zamonaviy tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich kuzatildi.

Istanbuldagi suv toshqinlari: qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi



Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli va uzluksiz yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari qurbonlari soni to‘rt kishiga yetdi.


“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri Istanbulning Beykoz tumanidagi maktab qurilishida ishlagan. U kuchli yomg‘irdan keyin suvga to‘lgan quduqni bo‘shatishga urinayotganda muvozanatini yo‘qotib, quduqqa tushib ketgan. Erkak shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.


So‘nggi uch kun ichida qutqaruv xizmatlari 3 057 kishini evakuatsiya qilib, xavfsiz joylarga olib borgan.


Istanbul gubernatori Dovut Gulning maʼlum qilishicha, chorshanba kuni shaharda har kvadrat metrga 261 millimetr yog‘ingarchilik qayd etilgan. Bu shaharning zamonaviy tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Payshanba kuni ham ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir davom etgan.


Sinoptiklar juma kunidan boshlab Istanbulda yana kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishini, shanba kuni esa yog‘in miqdori har kvadrat metrga 60 millimetrga yetishi mumkinligini prognoz qilgan.


Kuchli yog‘ingarchilik Turkiyaning boshqa hududlariga ham taʼsir ko‘rsatgan. Istanbuldan tashqari Zonguldak, Yalova, Kojaeli, Dyuzdje va Sakariya viloyatlaridagi taʼlim muassasalarida darslar to‘xtatilgan.

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Mamlakat bosh vaziri hukumatga qarshi namoyishlar ortida “tashqi kuchlar” turganini da’vo qildi.

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Yangi taqiq 2026-yil oxirigacha amal qiladi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

Musodara qilingan 30 kilogramm gashishning qora bozordagi qiymati taxminan 300 ming dollarga baholanmoqda.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.