Jahon

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Sud 2009-yildagi taksi haydovchisi qotilligi bo‘yicha tergovda qonunbuzarliklar aniqlangani sababli ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Janubiy Koreyada taksi haydovchisini o‘ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan O‘zbekiston fuqarosi Bozorov Akmal 16 yildan ortiq vaqt o‘tib, ozodlikka chiqarildi. Uni qamoqxona tashqarisida otasi kutib oldi.

 

Changvon okrug sudi ishni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilib, sud jarayoni yakuniga qadar unga tayinlangan jazoni ijro etishni to‘xtatdi.

 

37 yoshli Akmal 2009-yil mart oyida Changvon shahrida taksi haydovchisining o‘ldirilishida ayblangan. U dastlabki tergovda aybiga iqror bo‘lgan, biroq keyinchalik bu ko‘rsatmalar politsiya zo‘ravonligi va noqonuniy tergov usullari orqali olinganini bildirgan. U boshqa bir taksini talon-toroj qilishda ishtirok etganini tan olgan, ammo haydovchining qotilligiga aloqadorligini rad etgan.

 

Shunga qaramay, Akmal qotillik ishi bo‘yicha sudlangan. 2010-yil aprelida Janubiy Koreya Oliy sudi unga tayinlangan umrbod qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirgan.

 

Ishni qayta ko‘rib chiqish haqidagi dastlabki arizasi 2015-yilda rad etilgan. 2025-yil 2-yanvarda esa uning advokati Pak Jun Yon sudga yangi ariza bilan murojaat qilgan.

 

Sud tergov jarayonida jiddiy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi. Jumladan, politsiya Akmalga uning DNKsi jinoyat joyidan topilganini aytib aldagan, vafot etgan jabrlanuvchini tirik deb ko‘rsatib, undan iqrorlik olishga uringan. Shuningdek, koreys tilini yaxshi bilmagan Akmalga tarjimon taqdim etilmagan.

 

Himoya tomoni yangi dalillarni, jumladan, qotillik quroli sotilgan do‘kon haqidagi qalbakilashtirilgani aytilayotgan politsiya hisobotini taqdim etgan. Advokat, shuningdek, taksi hisoblagichida qayd etilgan masofa bilan politsiya aniqlagan yo‘nalish o‘rtasida olti kilometr farq borligini ta’kidlagan.

 

Sud noqonuniy tergov ishni qayta ko‘rib chiqish uchun asos yetarli ekanini bildirdi. Yangi dalillar esa qayta sud jarayonida baholanadi.

 

Akmal o‘zining nohaq qamalganini his qilib, ko‘p azob chekkanini aytgan. Shu bilan birga, u jabrlanuvchining oilasiga yetgan ehtimoliy azob uchun afsus bildirgan va sud jarayonida haqiqatni aytishga va’da bergan.

 

Hozircha ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilmagan.

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya dizelini xalqaro bozorlarga yetkazib berishga berilgan vaqtinchalik ruxsat bekor qilinishi mumkin.

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

AQSh prezidenti Rossiya nefti va gazini xarid qiluvchi ayrim davlatlarga tariflar joriy etish choralarini ham to‘xtatdi.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Hozircha Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti.

Eron husiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eron husiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eronning ko‘magi harbiy tayyorgarlik, razvedka va raketalarni boshqarish bo‘yicha yordamni o‘z ichiga olgan.

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Oktabr oyining dastlabki ikki haftasida Moskvaning to‘rtta aeroportidagi cheklovlar jami 101 soat davom etdi.

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Mamlakat bosh vaziri hukumatga qarshi namoyishlar ortida “tashqi kuchlar” turganini da’vo qildi.