O'zbekiston

Kamerani tepib sindirdi: Chilonzorda ikki yigit 3 sutkaga qamaldi

Spirtli ichimlik ta'sirida bo'lgan yigitlar ko'p qavatli uy kirish yo‘lagida kamerani sindirgan.

Kamerani tepib sindirdi: Chilonzorda ikki yigit 3 sutkaga qamaldi

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasini tepib sindirgan yigitlar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa yarim tunda sodir bo‘lgan. Aniqlangan uch nafar shaxsdan ikkitasi 2004 va 2005-yillarda tug‘ilgan, uchinchisi esa voyaga yetmagan. Tekshiruv davomida ikki yigit spirtli ichimlik iste’mol qilgani aniqlangan.

 

Kamerani sindirganini tan olgan yigit qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. Uning aytishicha, u do‘sti bilan restoranda spirtli ichimlik iste’mol qilganidan so‘ng mahallani aylanib, ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagiga kirgan va ikkinchi qavatdan tushayotib kamerani sindirgan. U sodir etgan ishi uchun uzr so‘ragan.

 

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — mayda bezorilik hamda 194-moddasi — ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi qarori bilan ikki yigitga 3 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Voyaga yetmagan shaxsni maxsus nazoratga olish masalasini ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga taqdimnoma kiritilgan.

Toshkentda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi

Toshkentda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi

Erkakka nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangach, u 164 mln qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

Namanganda alimentdan qarzdor ota bilyard zalidan topildi

Namanganda alimentdan qarzdor ota bilyard zalidan topildi

U avval maʼmuriy jazoga tortilgan bo‘lsa-da, tegishli xulosa chiqarmagan.

Jizzaxda MIB orqali fuqaroning mol-mulki olib berildi

Jizzaxda MIB orqali fuqaroning mol-mulki olib berildi

Zominda qarzdordan undiruvchi foydasiga 30 turdagi mol-mulklar olib berildi.

Qog‘ozbozlik va ortiqcha yig‘ilishlar: O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Qog‘ozbozlik va ortiqcha yig‘ilishlar: O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Ta’lim va fan vaziri pedagoglarning maqomini oshirish, ma’muriy ishlarini kamaytirish va ta’lim sifatini yaxshilash masalalarini ko‘rib chiqdi.

12 mingdan ortiq murojaat: banklarning yangilangan antireytingi e’lon qilindi

12 mingdan ortiq murojaat: banklarning yangilangan antireytingi e’lon qilindi

Ikki bank antireytingdan chiqdi, yana ikkitasi ro‘yxatga kirdi.

“Qaytib bu ishni qilmayman”: 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining mashinasini haydadi

“Qaytib bu ishni qilmayman”: 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining mashinasini haydadi

Qo‘shnisiga tegishli avtomobilini boshqarib, videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan o‘quvchi va uning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, qonuniy chora ko‘rildi.

Fojiadan keyingi yordam: vafot etgan qizning ukasi psixologik yordam olmoqda

Fojiadan keyingi yordam: vafot etgan qizning ukasi psixologik yordam olmoqda

Qiz o‘z uyida osilgan holda topilgan edi.

Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Qator muhim tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.