Jahon

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Yangi taqiq 2026-yil oxirigacha amal qiladi.

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida patent asosida ishlaydigan xorijiy fuqarolarni bir qator sohalarda ishga yollash taqiqlandi. Cheklovlar chakana savdo do‘konlari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, massaj salonlari va tibbiyotning ayrim yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bu haqda shahar ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Shahar gubernatori Aleksandr Beglovning qarori bilan 2026-yil oxirigacha amal qiladigan cheklovlar ro‘yxati kengaytirildi. Unga jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish xizmatlari, ayrim tibbiy faoliyat turlari ham kiritilgan.

 

Taqiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar — Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolariga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, ish ruxsatnomasiga ega yuqori malakali xorijiy mutaxassislar ham cheklovdan mustasno.

 

Ish beruvchilarga mehnat faoliyatini yangi talablarga moslashtirish uchun 15-dekabrgacha muddat berilgan.

 

Shahar ma’muriyati taqiqni norasmiy bandlikka qarshi kurashish, mehnat bozorida qonuniylikni ta’minlash va Rossiya fuqarolari, jumladan, yoshlar hamda talabalar uchun ish o‘rinlarini saqlab qolish chorasi sifatida izohlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabrida Aleksandr Beglov 2026-yil oxirigacha patent asosida ishlaydigan migrantlarni taksi haydovchisi va kuryer sifatida ishga yollashni taqiqlovchi farmonni ham imzolagan edi.

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Mamlakat bosh vaziri hukumatga qarshi namoyishlar ortida “tashqi kuchlar” turganini da’vo qildi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

Musodara qilingan 30 kilogramm gashishning qora bozordagi qiymati taxminan 300 ming dollarga baholanmoqda.

Istanbuldagi suv toshqinlari: qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi

Istanbuldagi suv toshqinlari: qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi

Istanbulda bir kunda har kvadrat metrga 261 millimetr yog‘ingarchilik qayd etilib, shaharning zamonaviy tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich kuzatildi.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.