Jahon

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Mamlakat bosh vaziri hukumatga qarshi namoyishlar ortida “tashqi kuchlar” turganini da’vo qildi.

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

 

Albaniya poytaxti Tirana shahrida Bosh vazir Edi Ramaning iste’fosini talab qilayotgan namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bo'lmoqda. Namoyishlar chog‘ida hukumat binolariga hujumlar uyushtirilib, ayrim inshootlarga zarar yetkazilgan.

 

Namoyishlar seshanba kuni boshlangan va keyinchalik mamlakatning boshqa shaharlariga ham tarqalgan. Payshanba kuni namoyishchilar Ta’lim vazirligi va parlament binosi yaqinida to‘plangan. Ularning parlamentga kirishga urinishlari sababli majlis faoliyati ham uzilib qolgan.

 

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv to‘plaridan foydalangan. Namoyishchilar esa huquq-tartibot xodimlariga tosh otib, ko‘chalarda chiqindilarni yoqish va yo‘llarni to‘sish kabi harakatlarni amalga oshirgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, payshanba oqshomida boshlangan zo‘ravonliklar ortidan 160 kishi hibsga olingan.

 

Namoyishchilarning asosiy qismini yoshlar va talabalar tashkil etmoqda. Ular korrupsiyaga qarshi kurashish, narxlar oshishini to‘xtatish va ta’lim tizimini isloh qilishni talab qilmoqda. Ayrim ishtirokchilar hukumatning noroziliklarga munosabatini ham tanqid qilgan.

 

Noroziliklarning muhim sabablaridan biri AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner bilan bog‘liq turizm loyihasidir.

 

Loyiha tanqidchilari uni korrupsiya va jamiyatdagi tengsizlik bilan bog‘liq muammolarning ramzi sifatida ko‘rmoqda. Hukumatga qarshi noroziliklar esa bir necha oydan beri davom etib kelayotgan edi.

 

Albaniya bosh vaziri Edi Rama juma kuni videomurojaat orqali namoyishchilarning tinchlikni saqlashga chaqirgan. Shu bilan birga, u tartibsizliklar ortida Albaniyada beqarorlikni istayotgan “tashqi kuchlar” turganini da’vo qilgan.

 

Yevropa Ittifoqining Albaniyadagi delegatsiyasi ham vaziyat yuzasidan xavotir bildirib, rasmiylarni namoyishlarga mutanosib javob qaytarishga chaqirgan.

Eron hutiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eron hutiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eronning ko‘magi harbiy tayyorgarlik, razvedka va raketalarni boshqarish bo‘yicha yordamni o‘z ichiga olgan.

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Oktabr oyining dastlabki ikki haftasida Moskvaning to‘rtta aeroportidagi cheklovlar jami 101 soat davom etdi.

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Yangi taqiq 2026-yil oxirigacha amal qiladi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

Musodara qilingan 30 kilogramm gashishning qora bozordagi qiymati taxminan 300 ming dollarga baholanmoqda.

Istanbuldagi suv toshqinlari: qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi

Istanbuldagi suv toshqinlari: qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi

Istanbulda bir kunda har kvadrat metrga 261 millimetr yog‘ingarchilik qayd etilib, shaharning zamonaviy tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich kuzatildi.

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.