O'zbekiston

Toshkentda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi

Erkakka nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangach, u 164 mln qarzini to‘lashga majbur bo‘lgan.

Toshkentda aliment to‘lamay yurgan ota qidiruvda topildi

Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2018 yil 2 iyundagi ijro hujjatiga asosan qarzdor R.Yu.dan undiruvchi U.Yu. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi taʼminoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadlarining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.



Biroq qarzdor bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagan. Uning turgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmaganligi sababli qidiruv choralari ko‘rilgan. Natijada to‘plangan aliment qarzdorligi 164 million 586 ming 316 so‘mni tashkil etgan.



Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor aniqlanib, tuman bo‘limiga olib kelingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2026 yil 15 oktyabrdagi qarori bilan unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.


Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdordan 164 million 586 ming 316 so‘m miqdoridagi aliment qarzi undirilgan.

Namanganda alimentdan qarzdor ota bilyard zalidan topildi

Namanganda alimentdan qarzdor ota bilyard zalidan topildi

U avval maʼmuriy jazoga tortilgan bo‘lsa-da, tegishli xulosa chiqarmagan.

Jizzaxda MIB orqali fuqaroning mol-mulki olib berildi

Jizzaxda MIB orqali fuqaroning mol-mulki olib berildi

Zominda qarzdordan undiruvchi foydasiga 30 turdagi mol-mulklar olib berildi.

Kamerani tepib sindirdi: Chilonzorda ikki yigit 3 sutkaga qamaldi

Kamerani tepib sindirdi: Chilonzorda ikki yigit 3 sutkaga qamaldi

Spirtli ichimlik ta'sirida bo'lgan yigitlar ko'p qavatli uy kirish yo‘lagida kamerani sindirgan.

Qog‘ozbozlik va ortiqcha yig‘ilishlar: O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Qog‘ozbozlik va ortiqcha yig‘ilishlar: O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun o‘zgarishlar rejalashtirilmoqda

Ta’lim va fan vaziri pedagoglarning maqomini oshirish, ma’muriy ishlarini kamaytirish va ta’lim sifatini yaxshilash masalalarini ko‘rib chiqdi.

12 mingdan ortiq murojaat: banklarning yangilangan antireytingi e’lon qilindi

12 mingdan ortiq murojaat: banklarning yangilangan antireytingi e’lon qilindi

Ikki bank antireytingdan chiqdi, yana ikkitasi ro‘yxatga kirdi.

“Qaytib bu ishni qilmayman”: 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining mashinasini haydadi

“Qaytib bu ishni qilmayman”: 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining mashinasini haydadi

Qo‘shnisiga tegishli avtomobilini boshqarib, videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan o‘quvchi va uning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, qonuniy chora ko‘rildi.

Fojiadan keyingi yordam: vafot etgan qizning ukasi psixologik yordam olmoqda

Fojiadan keyingi yordam: vafot etgan qizning ukasi psixologik yordam olmoqda

Qiz o‘z uyida osilgan holda topilgan edi.

Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Qator muhim tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.