Jahon

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

 

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon fuqarolarni qanday vaziyatga tushishidan qat’i nazar, hayotdan voz kechmaslikka va qiyinchiliklarga duch kelganda mutaxassislardan yordam so‘rashga chaqirdi. U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida mamlakatda o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichlari pasaygani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib yozdi.

 

“Yashashingiz kerak. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, yashashda davom etishingiz kerak”, — deb yozgan prezident. Uning ta’kidlashicha, mutaxassislar qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini topishga yordam berishi mumkin.

 

Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Janubiy Koreyada o‘z joniga qasd qilish oqibatida 14 144 kishi vafot etgan. Har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich 2024-yildagi 29,1 tadan 27,8 taga tushgan. Shunga qaramay, Janubiy Koreya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) mamlakatlari orasida o‘z joniga qasd qilish darajasi eng yuqori davlat bo‘lib qolmoqda.

 

2026-yilning yanvar–iyul oylarida bunday o‘limlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga kamaygan: 8 475 nafardan 7 432 nafarga tushgan. Rasmiylar iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bog‘liq holatlar kamayganini qayd etgan. Biroq yoshlar orasidagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

 

13-oktyabr kuni prezident hukumat yig‘ilishida yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichi oshib borayotganini bildirgan. U bunga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar qatorida kuchli raqobat, o‘qishdagi bosim va maktablardagi bezorilikni sanab o‘tgan hamda profilaktika choralarini kuchaytirishga chaqirgan.

 

12-oktyabr kuni Janubiy Koreya hukumati 2030-yilgacha mo‘ljallangan o‘z joniga qasd qilishning oldini olish dasturini tasdiqlagan. Dastur qarzdorlik, qashshoqlik va ijtimoiy yakkalanish muammolariga duch kelgan fuqarolar uchun psixologik yordam va maslahat xizmatlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Hukumat o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichini har 100 ming aholiga 18,9 tagacha kamaytirishni maqsad qilgan.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Hozircha Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti.

Eron hutiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eron hutiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eronning ko‘magi harbiy tayyorgarlik, razvedka va raketalarni boshqarish bo‘yicha yordamni o‘z ichiga olgan.

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Oktabr oyining dastlabki ikki haftasida Moskvaning to‘rtta aeroportidagi cheklovlar jami 101 soat davom etdi.

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Talabalar ko‘chalarga chiqdi: Albaniyada hukumatga qarshi namoyishlar avj oldi

Mamlakat bosh vaziri hukumatga qarshi namoyishlar ortida “tashqi kuchlar” turganini da’vo qildi.

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Migrantlar uchun yangi taqiq: Sankt-Peterburgda qaysi sohalarda ishlash mumkin emas?

Yangi taqiq 2026-yil oxirigacha amal qiladi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi: xalqaro narkosavdo guruhi fosh etildi

Musodara qilingan 30 kilogramm gashishning qora bozordagi qiymati taxminan 300 ming dollarga baholanmoqda.

Istanbuldagi suv toshqinlari: qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi

Istanbuldagi suv toshqinlari: qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi

Istanbulda bir kunda har kvadrat metrga 261 millimetr yog‘ingarchilik qayd etilib, shaharning zamonaviy tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich kuzatildi.